Yil voqeasi
Qiziqarli dastur, noyob yangi aloqalar o’rnatish imkoniyatlari, xalqaro kontekst
Biznes Sammiti
Buyuk Ipak yo'li
Buyuk Ipak yo'lining boshlanishi bundan 2000 yil muqaddam, Yevroosiyo xalqlari Osiyo, Yevropa va Afrika mamlakatlarini bog'laydigan yangi savdo yo'llari ochilganda paydo bo’lgan. Bu yo'l taraqqiyotga, sivilizatsiya rivojiga, yaqin davlatlarning taraqqiyoti va farovonligiga sabab bo’ldi. Buyuk ipak yo’li bu - umumiy tarixiy timsol va madaniy merosdir.

Bugungi kunda Markaziy Osiyoni yanada rivojlantirish uchun o‘tmish tajribasidan zamonaviy texnologiyalar va xalqaro investitsiyalar bilan birgalikda foydalanish zarur. Shu bilan birga, korporativ boshqaruv zamonaviy ishbilarmonlik olamining muloqot tili, mintaqada iqtisodiy rivojlanish va qulay sarmoyaviy muhitni yaratishni harakatlantiruvchi omili ekanligi muhim ahamiyatga ega.

Direktorlarning yillik biznes sammiti
Ipak yoʻli mamlakatlari direktorlarining yillik xalqaro biznes sammiti Markaziy Osiyo mamlakatlarida yilning asosiy biznes voqeasi hisoblanadi. Sammit Silk Road Board & Governance Institute (SR BGI) tomonidan Team University, KPMG, Professional Direktorlar Assotsiatsiyasi (ADI) bilan hamkorlikda va yetakchi xalqaro tashkilotlar ishtirokida tashkil etiladi.

Direktorlar biznes sammitida 2023 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini o‘zgartirish, xalqaro kapitalni jalb qilish, davlat aktivlarini xususiylashtirish va IPOga kirish, kuzatuv kengashlarini joriy etish va ularning faoliyati bilan bog‘liq muammolar, direktorlar kengashlari, professional kadrlarni jalb qilish va tayyorlash muammolari, shuningdek, ilg‘or innovatsion texnologiyalar va rivojlanish modellarini joriy etish, moliya institutlarini raqamlashtirish, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va boshqa masalalar muhokama qilinadi.